AsosiySport

“Bunyodkor-2002” Tailand termasi ustidan g`alaba qozondi

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida davom etayotgan “Supermokh Cup 2016” turniri qizg`in pallasiga kirdi. 2002 yilda tavallud topgan futbolchilar o`rtasidagi bahslarda chorak finalga o`tish uchrashuvlari bo`lib o`tdi, deya ma`lum qiladi "Bunyodkor" matbuot xizmati. 

Unda Sergey Chigodaev va Akmal Risqullaev boshchiligidagi tarbiyalanuvchilari U-14 yosh toifasidagi Tailand terma jamoasini yirik – 6:2 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Vakillarimizdan Jasur Jaloliddinov beshta gol urib, “flesh” qayd etgan bo`lsa, yana bir gol Farruhbek Muhtorov hisobiga yozildi.

Qayd etish kerakki, Jasur Jaloliddinov hozircha turnir mobaynida 8ta gol urishga muvaffaq bo`ldi va “Supermokh Cup 2016” musobaqasi to`purari bo`lishga asosiy nomzodlardan biri bo`lib turibdi.

Shu tariqa, “Bunyodkor-2002” jamoasi turnirning kuchli sakkizta jamoasi qatoriga qo`shilishdi. Chorak finalga quyidagi jamoalar yo`llanma olgan: "Sporting" (Portugaliya), "Buriram Yunayted" (Tailand), "Seul" (Janubiy Koreya), "San Paulo" (Braziliya), "Bunyodkor" (O`zbekiston), PSJ (Fransiya), Malayziya panteralari va Malayziya pumalari.

Boshqa yangiliklar