AsosiyMadaniyat

Farrux Zokirovga Rossiyaning “Do‘stlik” ordeni topshirildi

Ordenni Rossiya Madaniyat vaziri Olga Lyubimova topshirdi.

'Farrux Zokirovga Rossiyaning “Do‘stlik” ordeni topshirildi'ning rasmi

O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovga kecha, 29 may kuni Rossiya Federatsiyasining “Do‘stlik” ordeni topshirildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma’lum qildi. 

Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” forumlar saroyida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning Madaniyat bo‘yicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi.

Farrux Zokirovga ordenni Rossiya Madaniyat vaziri Olga Lyubimova topshirdi. 

Qayd etish joiz, “Do‘stlik” ordeni Rossiyada 1994 yil bahorida ta’sis etilgan. U Rossiya va chet el fuqarolariga xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashdagi xizmatlari, fan va madaniyat sohasidagi yutuqlari uchun beriladi.

Ma’lumot uchun, 78 yoshli Farrux Zokirov bir vaqtning o‘zida 7 ta – O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ingushetiya, Tatariston va Boshqirdistonning xalq artisti hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar