AsosiyJamiyat

Mirziyoyev matbuot va OAV xodimlarini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev 27-iyun munosabati bilan jurnalistlarni tabriklab, ularning haqqoniy axborotdagi hissasini vatan posbonlari jasorati bilan qiyosladi.

'Mirziyoyev matbuot va OAV xodimlarini tabrikladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekistonning yangilanayotgan matbuotida, teleradiokanallar, internet nashrlari, nashriyot va matbaa korxonalarida, axborot xizmatlari va platformalarida o‘z burchini sidqidildan ado etib kelayotgan  jurnalistlar, faxriylarni, barcha ijodiy va texnik xodimlarni bugungi kasb bayrami bilan tabrikladi.

 

“Global ijtimoiy-siyosiy jarayonlar beqiyos shiddat bilan o‘zgarayotgan hozirgi o‘ta murakkab va notinch dunyoda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va ta’siri har qachongidan ham kuchli ahamiyat kasb etayotganini hammamiz sezib-anglab turibmiz.

 

Shu ma’noda, bepoyon mediaolamda xolis va haqqoniy axborot tarqatish bilan birga, milliy manfaatlarimizni qat’iy himoya qiladigan jurnalist ahlining mashaqqatli mehnatini muqaddas sarhadlarimizda sergak turgan Vatan posbonlarining jasoratiga qiyoslasak, o‘ylaymanki, o‘rinli bo‘ladi.

 

Ushbu qutlug‘ ayyomda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarixiy ishlarga o‘z iste’dodi, professional mahorati bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan ommaviy axborot vositalarining barcha xodimlariga xalqimiz nomidan yuksak hurmat va ezgu tilaklar izhor etish men uchun katta sharafdir”, deyiladi Prezident tabrigida.

 

Prezident atoqli jadid Hoji Muinning “Matbuot tarixi – Uyg‘onish davri tarixining bir bo‘lagidir”, degan so‘zlarini ham eslatgan. Keyingi yillarda, ulug‘ ajdodlar boshlab bergan ibratli an’analarni davom ettirib, demokratik jamiyatning muhim sharti va tamoyili bo‘lgan ommaviy axborot vositalarini izchil rivojlantirishga ustuvor e’tibor qaratilayotganini qayd etgan.

 

Bildirilishicha, ana shunday yondashuv tufayli media makonga ilg‘or loyiha va texnologiyalar, yangicha mulkiy munosabatlar jadal  kirib kelmoqda. Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan 2 ming 400 ga yaqin ommaviy axborot vositalarining 65 foizi nodavlat sektor hissasiga to‘g‘ri kelayotgani, xususiy nashrlar, teleradiokanallar, internet resurslari tobora ortib, ulardan foydalanuvchilar soni 14,7 milliondan 32,7 millionga yetgani, axborot kontentlarini yaratuvchilar safi kengayib borayotgani, hech shubhasiz, mamlakatning media sohasidagi salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

 

“Ayniqsa, milliy mediakontentni rivojlantirish yo‘lida yosh ijodkorlar, mustaqil studiya va prodyuserlik markazlari faoliyati qo‘llab-quvvatlanayotgani virtual makonda yuksak sifatli, raqobatbardosh loyihalar paydo bo‘lishi uchun zamin yaratmoqda.

 

Mamlakatimizda fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini, matbuot va so‘z erkinligining qonuniy ijrosini ta’minlash bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Biz kelajagimiz egalari bo‘lgan farzandlarimizni barkamol etib tarbiyalash bilan birga, ularni zararli axborotlardan himoya qilishga ham alohida e’tibor bermoqdamiz. Bu borada 2030 yilgacha bolalar uchun mo‘ljallangan milliy kontentlar, jumladan, nashr mahsulotlari foyda solig‘idan ozod qilinib, ijtimoiy soliq 1 foiz miqdorida belgilangani, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish tartibi joriy etilgani muhim qadam bo‘ldi”, deyiladi tabrikda.

 

Ma’lumki, yaqinda Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil etildi. Ushbu markaz yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularni ezgulik va ma’rifatga oshno etish bo‘yicha amaliy harakatlarni boshlab yubordi. Shuningdek, onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilganini ham qayd etish lozim.

 

“Hozirgi vaqtda sun’iy intellekt texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanayotgani jurnalistika uchun katta imkoniyatlar ochish bilan birga, bu boradagi ishlarimizni zamon talablariga mos holda yo‘lga qo‘yishni talab etmoqda.

 

So‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘z kasbini, ona tili bilan birga xorijiy tillarni, IT texnologiyalarini puxta egallagan, jonkuyar va vatanparvar yangi jurnalistlar avlodi yetishib kelayotgani barchamizni xursand qiladi.

 

Ayni vaqtda ommaviy axborot vositalarida xolislik va qonun ustuvorligini ta’minlash, professional bilim va mahoratni oshirib borish, axborot tarqatishning zamonaviy usullarini o‘zlashtirish, aholi o‘rtasida axborot, bahs va muloqot madaniyatini shakllashtirish, jamiyatimizdagi turli illatlar, korrupsiya balosiga qarshi kurashish kabi dolzarb vazifalar bo‘yicha hali ko‘p ish qilishimiz zarur”, deyiladi tabrikda.

 

Prezident mamlakat jurnalistlari va ijodiy jamoalari tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olib, bu yil “Oltin qalam” milliy mukofoti birinchi marta 27 iyunda – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida topshirilayotganini ham qayd etgan.

 

“Fursatdan foydalanib, bugun sizlarning ishtirokingizda tantanali ravishda taqdirlanadigan barcha tanlov g‘oliblarini va yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan soha xodimlarini chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

 

Sizlarning har biringiz kelgusida o‘z tajriba va mahorat maktabingizni yaratib, milliy jurnalistikamiz ravnaqiga yanada katta hissa qo‘shasizlar, deb ishonaman.

 

Hech shubhasiz, ommaviy axborot vositalari xodimlarining mashaqqatli mehnatini qadrlash, ijodiy jamoalarni qo‘llab-quvvatlash, sohaning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash bundan buyon ham Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

 

Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin dildan tabriklab, qalbimdagi eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

 

Doimo sog‘-omon bo‘ling, mas’uliyatli va sharafli mehnatingizdan baraka toping, azizlar!” deydi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andijonda nasos stansiyasidagi qoidabuzarlik ortidan davlatga qariyb 500 mln so‘zlik zarar yetkazildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:29

    'Prezident bir guruh jurnalistlarni mukofotladi'ning rasmi

    Jamiyat 26.06.2025 20:14

    Prezident bir guruh jurnalistlarni mukofotladi

    Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan mukofotlangan jurnalistlarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishing.

    'Toshkentda yashovchi fuqaro uyidan 1,5 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand moddalar chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat 26.06.2025 18:44

    Toshkentda yashovchi fuqaro uyidan 1,5 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand moddalar chiqdi

    Ushbu miqdor 6 ming nafar kishini zaharlashi mumkinligi aytilgan.

    'Ertaga Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishidagi samolyotlar kechiktiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 26.06.2025 18:34

    Ertaga Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishidagi samolyotlar kechiktiriladi

    26-iyun kuni reyslar o‘zgartirilgan jadval asosida amalga oshiriladi.

    'Ka’ba yopinchig‘i yangisiga almashtirildi'ning rasmi

    Jamiyat 26.06.2025 17:46

    Ka’ba yopinchig‘i yangisiga almashtirildi

    Yangi yoping‘ich uchun 825 kg ga yaqin sof ipak, 180 kg kumush va oltin sarflangan.

    'Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat 26.06.2025 16:15

    Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.