AsosiyJamiyat

Ka’ba yopinchig‘i yangisiga almashtirildi

Yangi yoping‘ich uchun 825 kg ga yaqin sof ipak, 180 kg kumush va oltin sarflangan.

'Ka’ba yopinchig‘i yangisiga almashtirildi'ning rasmi

Saudiya Arabistonidagi Masjidul Harom (Masjid al-Harom) va Payg‘ambar masjidi (Masjid an-Nabaviy) ishlari bo‘yicha Bosh boshqarmasi 25 iyun kuni kechqurun Ka’ba yopinchig‘ini almashtirish 154 nafar mutaxassisdan iborat guruh tomonidan amalga oshirilganini ma’lum qildi.

Umumiy og‘irligi 1415 kg bo‘lgan 47 ta yangi bo‘lakdan foydalanishni o‘z ichiga olgan almashtirish jarayoni bir necha soat davom etgan.

Yangi yoping‘ich uchun 825 kg ga yaqin sof ipak, 180 kg kumush va oltin sarflangan.

Yangisi bilan almashtirilgan eski yoping‘ich Zamzam bulog‘i suvi bilan yuviladi, so‘ngra muzeylarga ko‘rgazmaga qo‘yish uchun Islom davlatlariga jo‘natiladi.

Ka’ba yoping‘ichi kumush va oltindan foydalangan holda Qur’oni Karim oyatlari bilan bezatilgan.

    Boshqa yangiliklar