Bugun, 17 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston yetakchisi Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston yetakchisini "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga chaqirgan.
“Bo‘lajak tadbirda ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifi doirasida Xitoy Raisi bilan ham muzokara o‘tkazadi.