AsosiyJamiyat

"AQSHning harbiy tajovuzi Eron xalqiga nisbatan chuqur adovati va nafratini namoyon qiladi"

Eronning O‘zbekistondagi elchixonasi bayonot berdi.

'"AQSHning harbiy tajovuzi Eron xalqiga nisbatan chuqur adovati va nafratini namoyon qiladi"'ning rasmi

Bugungi Eron-Isroil mojarosi dunyo hamjamiyati e’tiboridagi muhim masla bo‘lib qolmoqda. 2025 yilning 13 iyul kuni Isroil tomonidan Eron hududiga otilgan raketa zarbalaridan boshlangan bu harbiy to‘qnashuvlar tobora keskin tus olmoqda. 22 iyun kuni bu mojaroga AQSHning ham aralashuvi va Eron hududiga qilgan havo hujumi turli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham qattiq xavotir bilan qarshi olindi. 

Ushbu holatlar bo‘yicha Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi Eron Tashqi ishlar vazirligining maxsus bayonotini tarqatdi. 

Unda aytilishicha, Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi BMT Nizomi va xalqaro mezonlarni qo‘pol ravishda buzib Eronning tinch maqsadlarga yo‘naltirilgan yadro obyektlariga AQSH tomonidan qilingan harbiy tajovuzni keskin qoralaydi hamda AQSH hukumatini mazkur jinoyatga doir juda xavfli oqibatlar uchun mas’ul va javobgar deb hisoblaydi. 

Isroil rejimi bilan jinoiy hamkorlikda BMT a’zosi bo‘lgan davlatning hududiy yaxlitligi va milliy suverenitetiga qarshi AQSH tomonidan qilingan harbiy tajovuz yana bir bor mazkur davlat hukmron qatlamining razolati hamda ushbu hukumatning tinchliksevar va mustaqillikka intiluvchi Eron xalqiga nisbatan chuqur adovati va nafratini namoyon qiladi, - deyiladi mazkur bayonotda. - Eron Islom Respublikasi AQSH harbiy tajovuzi va bu rejim tomonidan uyushtirilgan jinoyatlarga bor kuchi bilan qarshilik ko‘rsatish hamda mamlakat milliy manfaatlarini himoya qilishni o‘zining qonuniy huquqi deb biladi”. 

Bayonotda aytilishicha, AQSHning Erondagi tinch maqsadlardagi yadro obyektlarga qilgan harbiy tajovuzi nafaqat BMT Nizomi 2-moddasi 4-bandida nazarda tutilgan “zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik, hududiy yaxlitlik va milliy suverinitetni hurmat qilish” singari tamoyillarni qo‘pol ravishda buzish, balki BMT Xavfsizlik Kengashi 2231-sonli rezolyutsiyasi hamda Yadro qurollarni tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma (NPT) talablariga mutlaqo ziddir. Achinarlisi mazkur jinoyat BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi – AQSH tomonidan amalga oshirilmoqda. 

Eron Islom Respublikasi BMT, Xavfsizlik Kengashi, Bosh kotib, Xalqaro atom energiyasi agentligi va boshqa tegishli xalqaro tashkilotlarni bu jinoyatga qarshi zudlik bilan keskin chora ko‘rishga chaqirib, bu ochiq tajovuzkorona harakat qarshisida sukut saqlash jahonni mislsiz va keng qamrovli xatarga duchor qilishidan ogohlantiradi. 

Eron Islom Respublikasi BMTning ta’sischi a’zolaridan biri sifatida mazkur tashkilot hamda uning har bir a’zosidan AQSH tomonidan amalga oshirilgan ushbu ochiq-oydin qonunbuzarlikka nisbatan xolisona munosabat kutadi hamda BMT Xavfsizlik Kengashidan favqulodda yig‘lish o‘tkazib, AQSH tomonidan Eronga qarshi qilingan harbiy tajovuzni keskin qoralashini hamda ushbu davlatga nisbatan xalqaro tamoyil va mezonlarni qo‘pol ravishda buzganligi uchun chora ko‘rishni so‘raydi. 

Jahon hamjamiyati AQSHning diplomatik muzokaralar jarayonida diplomatiyaga xiyonat qilib, genotsid uyushtirayotgan va xalqaro qonunchilikka xilof ravishda ish tutayotgan Isroil rejimi harbiy tajovuzini qo‘llab-quvvatlaganini, shuningdek, endi uning o‘zi sionsitik rejimga sherik sifatida Eronga qarshi xavfli urushni boshlaganini unutmasligi kerak, - deyiladi mazkur bayonot so‘ngida.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat 23.06.2025 21:29

    Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi

    Prezident Administratsiyasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 23.06.2025 17:43

    ''ning rasmi

    Jamiyat 23.06.2025 17:40

    ''ning rasmi

    Jamiyat 23.06.2025 17:36

    'Jizzaxdagi AYOQSHda yaroqsiz neft sotilayotganligi ochiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 23.06.2025 11:15

    Jizzaxdagi AYOQSHda yaroqsiz neft sotilayotganligi ochiqlandi

    Mazkur holat yuzasidan 71,4 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.

    'Xorazmda 356,6 mln, Toshkent viloyatida 315,4 mln, Nukusda esa 170 mln so‘mlik "svet" o‘g‘irlangan'ning rasmi

    Jamiyat 22.06.2025 22:07

    Xorazmda 356,6 mln, Toshkent viloyatida 315,4 mln, Nukusda esa 170 mln so‘mlik "svet" o‘g‘irlangan

    Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.