AsosiyMADANIYAT

Jaloliddin Ahmadaliyev ham jarimaga tortildi

Muallif zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

'Jaloliddin Ahmadaliyev ham jarimaga tortildi'ning rasmi

Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyevga mualliflik huquqini buzgani uchun jarima jazosi tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, vazirlik tomonidan muallif Shoxruh Abduvohidovga tegishli bo‘lgan “Yurak”, “Meni deb oqardi sochlaring ona”, “Ko‘zlaringni qizg‘onma mendan” va “Barchasini Xudoga soldim” nomli she’rlar ijrochi Jaloliddin Ahmadaliyev tomonidan  huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalanilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-1-moddasi (Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish) bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan. Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-1-moddasining birinchi qismi bilan jarima jazosi  tayinlangan.

Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Euronews va CNN telekanallarida Farghoniy, Xorazmiy va Ibn Sino haqidagi videoroliklar efirga uzatildi.'ning rasmi

    MADANIYAT 01.02.2026 03:22

    Euronews va CNN telekanallarida Farghoniy, Xorazmiy va Ibn Sino haqidagi videoroliklar efirga uzatildi.

    "Oskar" mukofoti sovrindori, mashhur britaniyalik aktyor Ben Kingsley ishtirokida "Ma'rifat aks-sadosi" turkum filmi doirasida suratga olingan Far'g'oniy, Xorazmiy va Ibn Sino haqidagi videoroliklar dunyoning yetakchi Euronews va CNN xalqaro telekanallarida efirga uzatildi.

    'Hayriddin Sultonovga “O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” unvoni berildi'ning rasmi

    MADANIYAT 19.01.2026 07:08

    '- Darakchi.uz'ning rasmi

    MADANIYAT 10.01.2026 22:42

    'BBC History Extra: “Butun dunyo uchun mayoq”'ning rasmi

    MADANIYAT 27.12.2025 08:57

    BBC History Extra: “Butun dunyo uchun mayoq”

    Britaniyaning mashhur tarixiy jurnali — "History Extra"da chop etilgan "Meros posbonlari" maqolasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi aynan shunday taʼriflanadi.

    'Yangi yil bayramini bolalar bilan qayerlarda nishonlash mumkin?'ning rasmi

    MADANIYAT 19.12.2025 08:33

    Yangi yil bayramini bolalar bilan qayerlarda nishonlash mumkin?

    Toshkent shahrida yangi yil bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etiladi.

    'O‘zbekistonda har 10 ming aholiga necha nafar shifokor to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    MADANIYAT 01.12.2025 09:34

    O‘zbekistonda har 10 ming aholiga necha nafar shifokor to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi

    Milliy statistika qo‘mitasi tegishli ma’lumotlarni taqdim etdi.