Toshkent shahrida qizil rangdagi tungi avtobuslarning ilk yo‘nalishi 2025 yilning oxirigacha ish boshlaydi.
Avtobuslar 15 ta yo‘nalishda Aeroport, Vokzal va Turizm ko‘chalari bo‘ylab soat 22:00 dan ertalab 06:00 gacha harakatlanadi. Ularning oraliq intervali dastlab 30 daqikani tashkil etadi.
Ushbu tashabbus 2 bosqichda amalga oshirilib, birinchi bosqichda 8 ta yo‘nalish bo‘lib, jami 136 km yo‘lni qamrab oladi. Mazkur yo‘nalishlarda 31 ta avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun 19,1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirish zarur.
Ikkinchi bosqichda esa 7 ta yo‘nalish 98 kilometrlik yo‘ldan o‘tib, harakatga 23 ta avtobus jalb etiladi. Bu uchun ham 14,2 milliard so‘m sarflanishi rejalashtirilgan.
Avtobus Bektemir tumanining Husayn Boyqaro ko‘chasidan Qo‘yliq bozori tarafga harakatlanib, Qo‘yliq bozoridan hozirgi Xonobodtepa shoh ko‘chasi orqali yuradi va joriy yilning oxirigacha ishga tushiriladi.