AsosiyJamiyat

Farg'onada avtomobil voyaga yetmagan bolani urib yubordi

YTH oqibatida 6 yoshli bola shifoxonada vafot etgan.

'Farg'onada avtomobil voyaga yetmagan bolani urib yubordi'ning rasmi

2025 yil 16 avgust kuni soat 16:30 larda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanining “Dehqonobod” mahallasida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

1992 yilda tug‘ilgan haydovchi “GAZ-3110” mashinasida harakatlanayotib, yo‘l qatnov qismiga chiqib qolgan 2019 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan H.M.ni urib yuborgan.

Hodisa oqibatida bola tan jarohati olib shifoxonaga etkazilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan. Hozirda holat yuzasidan Buvayda tumani IIB tomondan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Viloyat IIB fuqarolardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishni so‘ramoqda.

    Boshqa yangiliklar