AsosiyJamiyat

Andijonda elektropodstansiyada yong‘in yuz berdi

Xo'sh, hodisa oqibatlari qanday?

'Andijonda elektropodstansiyada yong‘in yuz berdi'ning rasmi

8 oktyabr kuni soat 18:32 da Andijon shahriining "Paxtakor" mahallasida joylashgan "Yo‘ylma" oraliq elektrom podstansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga elektrom simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.

Hodisadan so‘ng 18:34 da yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga etib borib, 18:45 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va etkazilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilmogda.

    Boshqa yangiliklar