AsosiyDunyo
8827

12 yoshli bola bozorni portlatmoqchi bo`ldi

Germaniyaning Lyudvigsxafen shahridagi rojdestvo bayrami tufayli tashkil etilgan bozorlardan birida 12 yoshli bola qo`laki bombani portlatmoqchi bo`lganda qo`lga olindi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Nashrning ma`lum qilishicha, bola GFR fuqarosi bo`lib, asli iroqlik ekanligi aniqlangan. U “Islom davlati” terrorchilari tomonidan yollanganlikda taxmin qilinmoqda.
 
Detonator ishlamay qolgani tufayli bomba portlamay qolgan. Bola bombani ryukzakda olib kelgan, portlamay qolgandan keyin uni yana ryukzakka solib, shahar boshqarmasi binosiga yaqin joyga yashirayotganda yo`lovchilar ko`rib qolib, polisiya chaqirgan.
 
Ayni paytda bola mehribonlik uyida saqlanib, unga nisbatan tergov ishlari olib borilmoqda.  U yozda Suriyaga terrorchilar yoniga qochib ketmoqchi bo`lgan.

Boshqa yangiliklar