AsosiySUG'DIYONA
16245

Siz yaxshi ota-onamisiz? Test orqali tekshirib ko`ring!

Ota va ona bo`lish kabi buyuk baxtga sazovor bo`lish boshqa, bu nomni oqlash hamda farzandiga munosib tarbiya berib ulg`aytirish boshqa masala sanaladi. Keling, quyidagi test yordamida o`zimizning qanday ota-ona ekanimizni tekshirib olamiz! Savollarga «HA», «YO`Q», «BILMADIM» deya javob berish lozim.

  1. Farzandingizni ayrim hatti-harakatlari, qiliqlari asabingizni «egovlab», «portlatib» yuborishi mumkin. Biroq ozgina vaqt o`tib o`zingizni ushlab turolmaganingizdan afsuslanasiz.  
  2. Ba`zan farzandingiz hulqidagi o`zgarishlarga qanday javob qaytarishni bilmay, atrofingizdagi insonlarning maslahatiga quloq tutishni ma`qul bilasiz.
  3. Bola tarbiyasi borasidagi eng yaxshi maslahatchilaringiz — bu tajriba hamda ichki ovozingizdir.
  4. Farzandingizga hammadan ko`ra ko`proq ishonasiz. Ayrim vaqtlarda hech kim bilan bo`lishmagan sirlaringizni unga oshkor qilgansiz.
  5. Boshqa odamlarning farzandingiz haqidagi salbiy fikri, shubhasiz, qalbingizga ozor etkazadi.
  6. Bolangizni ko`ngliga ozor bersangiz, undan kechirim so`rash kerak deb hisoblaysiz.
  7. Sizning fikringizcha, bola o`z ota-onasidan hech nimani yashirmasligi va shaxsiy  siri bo`lmasligi lozim.
  8. Farzandingiz va o`z fe`l-atvoringizdagi farqliklarni ko`p bora ilg`agansiz. Ba`zan ular sizni hayratlantirsa, ba`zan esa quvontiradi.
  9. Bolangiz hayotidagi nohushlik yoki omadsizlik uchun ich-etingizni  «eb tashlaysiz», qayg`uga berilasiz.
  10.  Moliyaviy imkoniyatlaringiz etarlicha bo`lsada, farzandingizga qiziqarli va chiroyli o`yinchoq sotib olishdan o`zingizni tiya olasiz. Chunki uyda o`yinchoqlar etarlicha bor.
  11.  Bolaga qattiqqo`llik bilan berilgan tarbiyaning natijasi ijobiy deb hisoblaysiz. Ma`lum yoshiga qadar jismoniy jazo berishni ham ma`qullaysiz va o`z tajribangizda ham sinab ko`rgansiz.
  12.  Farzandingiz sizning barcha e`timodingiz va umidingizni oqlagan, bundan keyin ham oqlashiga ishonchingiz komil.
  13.  Bolangiz xursandchilikdan ko`ra, sizning qayg`urishingizga ko`proq sabab bo`ladi.
  14.  Ba`zan farzandingiz sizni o`zgartirgani va qayta tarbiyalagani rost ekanligini tan olasiz.
  15. O`z farzandingiz bilan kelisholmay halaksiz.

Natijalarni hisoblaymiz!

2, 4, 6, 8, 10, 12, 14 – raqam ostida berilgan savollarga «HA» javobini bergan bo`lsangiz, har biriga 10 balldan olasiz.

1, 3, 5, 7, 9, 11, 13, 15 – raqam ostida berilgan savollarga «YO`Q» javobini bergan bo`lsangiz, har biriga 10 balldan olasiz.

«BILMADIM» deb berilgan ham bir javob uchun 0 ball beriladi.

100 dan 150 ballgacha. Farzandingizni har qanday vaziyatda ham tushunasiz hamda qo`llab-quvvatlaysiz. Bolaning shaxsiy fikri bo`lishi tarafdorisiz va u bilan hisoblashish shart, deb bilasiz. O`rtangizdagi ishonchga hech narsa rahna solmasligi uchun farzandingiz bilan birgalikda harakat qilasiz va ana shu ishonch tufayli unga erkinlik bergansiz. Biroq bola bu mustaqillikni suiste`mol qilmasligini ham nazorat qilib turish lozim. Umuman olganda, sizning tarbiya uslubingizdan o`rnak olsa arziydi.

50 dan 99 ballgacha. Siz to`g`ri  yo`ldan ketmoqdasiz. Asosiysi, farzandingiz bilan o`rtangizda yuz berayotgan muammolar va qiyinchiliklarni bartaraf eta olasiz. Va bu ishni avvlo o`zingizdan boshlaysiz. Faqat «bolamga vaqt ajrata olmayapman» yoki «bolam juda qaysar bo`lib o`syapti» kabi bahonalarni chetlab o`ting. Hayotda shunday masalalar borki, ularga befarq qarab bo`lmaydi. Farzandlaringizni  qarashlarini qabul qilolmasangizda, uni tushunishga urinish lozim.

0 balldan 49 ballgacha. Sizdan ko`ra, farzandingizga ko`proq achinish hissi uyg`onadi. Bu xuddiki niholni parvarishlashni uquvsiz bog`bonga topshirgandek gap. Har bir bola mehribon ota-ona, chin do`st va hayotning o`nqir-cho`nqirlarini bosib o`tishda suyanchiq, dalda bo`ladigan tajribali insonga muhtojlik sezadi. Bu vazifalarning barchasi esa ota-onaning zimmasiga yuklanadi. Ishoning, hali barchasini to`g`irlash imkoni bor. Biroq buni siz chin dildan istashingiz lozim. Maslahatimiz, farzandingiz bilan til topishishda yordam bera oladigan, to`g`ri yo`l ko`rsatadigan biror insondan maslahat oling.

Dilnoza tayyorladi.   

Boshqa yangiliklar