AsosiyJamiyat

Andijonda tadbirkorni yollanma qotil orqali o‘ldirmoqchi bo‘lgan guruh ushlandi

Holat yuzasidan guruh aʼzolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi 2-qismi "p" bandi (Odam oʻldirishga tayyorgarlik koʻrish va uni sodir etishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

'Andijonda tadbirkorni yollanma qotil orqali o‘ldirmoqchi bo‘lgan guruh ushlandi'ning rasmi

Andijon viloyatida tadbirkorni yollanma qotil orqali o‘ldirishni rejalagan guruh a’zolari qo‘lga olindi, deb xabar berdi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

4 fevral kuni yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi shaxs Andijon tuman ichki ishlar bo‘limiga o‘ziga nisbatan tayyorlanayotgan suiqasd haqida ariza bilan murojaat qilgan. U besh kishidan iborat guruh 1500 dollar evaziga qotil yollab, uni qasddan o‘ldirishga kelishganini bildirib, yordam so‘ragan.

Shundan so‘ng Andijon viloyati Paxtaobod tumanida viloyat IIB, Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura hamkorligida maxsus tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, guruh yetakchisi — 42 yoshli, "Ronaldo" laqabli shaxs muqaddam Jinoyat kodeksining qator moddalari, jumladan badanaga shikast yetkazish, talon-toroj, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, hujjatlarni qalbakilashtirish, giyovand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar va bezorilik bo‘yicha sudlangan.

U 26 yoshli, muqaddam firibgarlik, o‘g‘rilik va bezorilik uchun bir necha bor sudlangan shaxsga tadbirkorni o‘ldirish evaziga kelishilgan 1500 dollardan dastlabki to‘lov sifatida 300 ming so‘m berayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Tezkor tadbir davomida guruhning qolgan a’zolari ham ushlangan. Ulari orasida Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasi rahbari bo‘lgan, muqaddam sudlangan "Glavrach" laqabli shaxs, "Bokser" laqabli fuqaro, yana bir 42 yoshli shaxs va 23 yoshli tibbiyot instituti talabasi bor.

Holat yuzasidan guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi 2-qismi "p" bandi (Odam o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rish va uni sodir etishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmogda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:32

    'Туркияга фоҳишалик қилиш учун кетаётган 2 аёл аэропортда ушланди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:20

    Туркияга фоҳишалик қилиш учун кетаётган 2 аёл аэропортда ушланди

    Samarqand aeroportida ayollarni jinsiy ekspluatatsiya qilish uchun Turkiyaga olib ketishga urinish fosh etildi.

    'Fоришда 30 га яқин хонадонни сув босди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:24

    'Bugun harorat 20 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:23

    Bugun harorat 20 darajagacha ko‘tariladi

    14 fevral kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    '62-Myunxen xavfsizlik konferensiyasi boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 13.02.2026 15:08

    62-Myunxen xavfsizlik konferensiyasi boshlandi

    Joriy yilning 13-15 fevral kunlari Myunxenda 62-Myunxen xavfsizlik konferensiyasi o‘tkazilmoqda.

    'Qozog‘iston nefti 50 yil, oltini 37 yilga etadi'ning rasmi

    Jamiyat 13.02.2026 14:59

    Qozog‘iston nefti 50 yil, oltini 37 yilga etadi

    Qozog‘istondagi neft va oltin zaxiralari hozirgi qazib olish sur’ati bilan qancha yilga yetishi ma’lum qilindi.