AsosiySport

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston “Manchester City” uchun strategik bozorga aylandi

Abdulqodir Husanovning Manchester City'ga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi.

'Husanov transferidan keyin O‘zbekiston “Manchester City” uchun strategik bozorga aylandi'ning rasmi

"Manchester Evening News" e'tirofiga ko'ra, Abdulkodir Husanovning Manchester City'ga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O'zbekiston "City"ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

Manchesterning nufuzli Manchester Evening News nashri o'zbek himoyachisi Abdulkodir Husanovning Manchester City safidagi faoliyati va uning klub ommaobopligiga ko'rsatayotgan ta'siri haqida tahliyli maqola e'lon qildi.

Nashrga ko'ra, Husanov qisqa vaqt ichida nafaqat Pep Guardiola jamoasining muhim bo'lagiga, balki millionlab o'zbekistonliklar uchun ramziy qahramonga aylangan. O'zbekiston tarixda ilk bor Jahon chempionatiga yo'llanma qo'lga kiritgan bir paytda, Husanovning Angliya Premer-ligasidagi muvaffaqiyatlari mamlakating xalqaro sport maydonidagi nufuzini yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Husanov jamoaga kelgandan keyingi dastlabki ikki hafta ichida "Manchester City" YouTube kanalini eng ko'p tomosha qilgan davlat Buyuk Britaniya yoki Braziliya emas, aniq O'zbekiston bo'ldi. 

2024/2025 yilgi mavsum yakuni bo'yicha, O'zbekistondan qayd etilgan umumiy ko'rishlar soni 26 milliondan oshdi. Bu natija bilan mamlakat global reytingda 4-o'ringa ko'tarildi. 

E'tiborli jihati shundaki, Abdulkodir hali jamoaning to'liq asosiy tarkib futbolchisiga aylanib ulgurmagan bir vaqtda ham klub veb-sayti va mobil ilovasidan foydalanuvchi o'zbekistonliklar soni qariyb bir millionga yetgan. 

Muxlislar faolligi faqat internet bilan cheklanib qolmadi — u bevosita "Etihad Stadium" tribunalarida ham sezila boshladi. So'nggi ikki yil ichida klubning O'zbekistondagi fan-bazasi 500 foizga kengaydi. Toshkentda "Manchester City"ning rasmiy muxlislar guruhi ham tashkil etildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xavi: Messi "Barselona"ga qaytmadi, chunki klub tayyor emas edi'ning rasmi

    Sport Bugun 07:11

    Xavi: Messi "Barselona"ga qaytmadi, chunki klub tayyor emas edi

    "Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes Lionel Messining klubga qaytishi amalga oshmay qolgan sababini ochiqladi.

    ''ning rasmi

    Sport 06.03.2026 14:01

    '"Inter Miami" futbolchilari Oq uyga bordi'ning rasmi

    Sport 06.03.2026 07:07

    "Inter Miami" futbolchilari Oq uyga bordi

    MLS Cup—2025 gʻolibi boʻlgan "Inter Miami" jamoasi futbolchilari AQSh prezidenti Donald Trump taklifiga binoan Oq uyda qabul qilindi.

    'Mbappe va Bellingham davolanish uchun Ispaniyani tark etdi'ning rasmi

    Sport 05.03.2026 15:23

    Mbappe va Bellingham davolanish uchun Ispaniyani tark etdi

    "Real Madrid" futbolchilari qo'shimcha tekshiruv uchun Parij va Londonga jo'natildi.

    'Erandagi urush Jahon chempionatiga salbiy ta'sir o'tkazishi mumkinmi?'ning rasmi

    Sport 01.03.2026 05:09

    Erandagi urush Jahon chempionatiga salbiy ta'sir o'tkazishi mumkinmi?

    Эрон футбол федерацияси президенти Меҳди Тож миллий терма жамоанинг 2026 йилги Жаҳон чемпионатидаги иштироки сўроқ остида қолаётгани ҳақида гапирди.

    'Bellingem Jahon chempionati uchun safdan chiqishi mumkin'ning rasmi

    Sport 28.02.2026 11:47

    Bellingem Jahon chempionati uchun safdan chiqishi mumkin

    Hozirgi mavsumda Bellinghem "Real Madrid" safida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda 14 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.