AsosiySport

APL. “Manchester Yunayted” qiyinchiliksiz “Sanderlend”ni mag`lub qildi

Angliya chempionati 18-turida “Manchester Yunayted” jamoasi o`z maydonida “Sanderlend” futbolchilarini qabul qildi.

Gollarga boy kechgan o`yinda maydon egalari 3:1 hisobida g`alaba qozondi. Uchrashuvning 39-daqiqasida Deyli Blind hisobni ochgan bo`lsa, 82-daqiqada Zlatan Ibrahimovich hisobni oshirdi.

86-daqiqada Zlatanning uzatmasidan so`ng Genrix Mxitaryan super gol kiritib, hisobni yirik ko`rinishga olib keldi. O`yin yakunida Fabio Borini hisobni qisqartirishga muvaffaq bo`ldi. 

“Manchester Yunayted” – “Sanderlend” 3:1

Gollar: 1:0 – 39 Blind, 2:0 – 82 Ibrahimovich, 3:0 – 86 Mxitaryan, 3:1 – 90 Borini.

“Manchester Yunayted” – De Xea, Valensiya, Jons, Roxo, Blind, Kerrik, Errera, Mata (Marsyal, 74), Pogba, Lingard (Mxitaryan, 62), Ibrahimovich.

“Sanderlend” – Pikford, Jons, Jiloboji, van Anxolt, Denayer, Larsson, Ndong, Kone, Defo, Borini, Anichebe.

Ogohlantirishlar: Blind (19), Borini (61).

Boshqa yangiliklar