AsosiySPORT

Angliya g'alaba qozona olmadi, Panama jahon chempionati bilan xayrlashdi

K guruhida Portugaliya O'zbekiston terma jamoasini yirik hisobda mag'lub etdi.

'Angliya g'alaba qozona olmadi, Panama jahon chempionati bilan xayrlashdi'ning rasmi

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatining guruh bosqichida navbatdagi uchrashuvlar yakuniga etdi. Kunning markaziy bahslaridan birida Angliya terma jamoasi Gana to‘sig‘idan o‘ta olmadi.

L guruhidan o‘rin olgan bahsda inglizlar Gana darvozasiga yo‘l topa olmay, 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida esa Xorvatiya Panamani 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona golni uchrashuvning 54-daqiqasida Ante Budimir kiritdi. Mazkur natijadan so‘ng Panama terma jamoasining pley-off bosqichiga chiqish imkoniyati qolmadi.

K guruhida Portugaliya O‘zbekiston terma jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi. Uchrashuv 5:0 hisobida yakunlandi.

Portugaliya safida Krishtianu Ronaldu 6 va 39-daqiqalarda dubl qayd etgan bo‘lsa, Nuno Mendesh 17-daqiqada hisobni yiriklashtirdi. Shuningdek, 60-daqiqada O‘zbekiston darvozaboni O‘tkir Yusupov o‘rniga maydonga tushgan Ne‘matovning avtogoli qayd etildi. Uchrashuvga nuqtani Rafael Leau 87-daqiqada qo‘ydi.

Guruhning ikkinchi bahsida esa Kolumbiya Kongo Demokratik Respublikasi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golga 76-daqiqada Daniel Munos mualliflik qildi.

Bugun, 24 iyun kuni V guruhida Shveytsariya – Kanada hamda Bosniya va Gersegovina – Qatar uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, S guruhida Marokash Gaiti bilan bahs olib borsa, Braziliya Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi.

A guruhida esa Janubiy Afrika Respublikasi Janubiy Koreya bilan, Chexiya esa Meksika bilan kuch sinashadi.

    Boshqa yangiliklar

    'O'zbekiston bilan o'yinda Ronaldu yangi tarix yozdi'ning rasmi

    SPORT Bugun 04:16

    O'zbekiston bilan o'yinda Ronaldu yangi tarix yozdi

    Portugaliya milliy jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Jahon chempionati tarixida takrorlanmas natija qayd etdi.

    'Kolumbiya g'alabasi O'zbekistonga umid qoldirdi'ning rasmi

    SPORT Bugun 04:11

    Kolumbiya g'alabasi O'zbekistonga umid qoldirdi

    O'zbekistonda hali ham pley-off umidi saqlanib turibdi.

    'Kannavaro Portugaliyadan uchragan yirik mag‘lubiyatga munosabat bildirdi.'ning rasmi

    SPORT Bugun 02:59

    Kannavaro Portugaliyadan uchragan yirik mag‘lubiyatga munosabat bildirdi.

    Italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida so‘zga chiqib, natijaga qaramay shogirdlarining harakatidan mamnun ekanini ta’kidladi.

    'O'zbekistonning Portugaliyaga qarshi bahsi Portugaliya foydasiga hal bo'ldi'ning rasmi

    SPORT 23.06.2026 18:53

    O'zbekistonning Portugaliyaga qarshi bahsi Portugaliya foydasiga hal bo'ldi

    Bahsda Roberto Martinez boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi ustunlik qildi va yirik hisobda g'alaba qozondi.

    'Kannavaro Portugaliyaga qarshi bahs uchun asosiy tarkibni e'lon qildi'ning rasmi

    SPORT 23.06.2026 15:37

    Kannavaro Portugaliyaga qarshi bahs uchun asosiy tarkibni e'lon qildi

    Uchrashuv oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasining boshlang‘ich tarkibi ma’lum qilindi.

    'Argentina va Fransiya birinchilardan bo‘lib guruhdan chiqdi'ning rasmi

    SPORT 23.06.2026 07:02

    Argentina va Fransiya birinchilardan bo‘lib guruhdan chiqdi

    Futbol bo‘yicha jahon chempionatida kecha, 22 iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlarda favorit jamoalar navbatdagi g‘alabalarini qayd etdi.