AsosiySPORT

Qatar mundial bilan xayrlashdi, Braziliya esa navbatdagi shouni namoyish qildi

Bosniya va Gertsegovina Qatarni 3:1 hisobida mag‘lub etib, mezbonlarning musobaqadagi so‘nggi umidlariga ham chek qo‘ydi.

'Qatar mundial bilan xayrlashdi, Braziliya esa navbatdagi shouni namoyish qildi'ning rasmi

Jahon chempionatining navbatdagi bahslari yakunlandi va bir nechta terma jamoalarning keyingi taqdiri ma’lum bo‘ldi.

Bosniya va Gersegovina Qatarni 3:1 hisobida mag‘lub etib, mezbomlarning musobaqadagi so‘nggi umidlariga ham chek qo‘ydi.

Shvetsariya Kanada ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, guruhni birinchi o‘rinda yakunladi hamda pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Braziliya esa Shotlandiyaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 3:0. Pentakampeonlar yana bir bor chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri ekanini isbotladi.

Marokash va Gaiti o‘rtasidagi sermahsul bahsda afrikaliklar 4:2 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda jami oltita gol urildi.

Meksika Chexiyani 3:0 hisobida mag‘lub etib, guruhdagi yetakchiligini saqlab qoldi. 

Janubiy Afrika Respublikasi esa Janubiy Koreya ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, pley-off yo‘llanmasini rasman qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, Qatar va Gaiti mundial bilan xayrlashdi. Guruh bosqichidagi kurash esa tobora qizg‘in tus olmoqda.

    Boshqa yangiliklar