AsosiySPORT

O'zbekiston milliy terma jamoasi Kongo DRga qarshi bahs o'tkazadi

Ushbu muhim bahsning eng tezkor tafsilotlari, asosiy voqealari va natijasini Darakchi.uz’da kuzatib boring.

'O'zbekiston milliy terma jamoasi Kongo DRga qarshi bahs o'tkazadi'ning rasmi

28 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv AQShning Atlanta shahridagi "Atlanta Stadium"da bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 04:30 da start oladi. Bu bahs har ikki jamoa uchun ham guruhdagi keyingi taqdirni hal qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston jahon chempionatidagi dastlabki ikki uchrashuvida Kolumbiyaga 1:3, Portugaliyaga esa 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Kongo Demokratik Respublikasi esa Portugaliya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, Kolumbiyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Ushbu muhim bahsning eng tezkor tafsilotlari, asosiy voqealari va natijasini Darakchi.uz bilan birgalikda jonli tarzda kuzatib boring.

    Boshqa yangiliklar