2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Kongo Demokratik Respublikasi va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi bahsning birinchi bo‘limi yakunlandi.
Uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq har ikki jamoa faol harakat qildi. O‘zbekiston bir necha bor xavfli vaziyatlar yaratgan bo‘lsa, Kongo Demokratik Respublikasi ham qarshi hujumlarda xavf tug‘dirishga urindi.
Dastlab Eldor Shomurodov raqib darvozasini ishg‘ol qildi, biroq VAR tekshiruvidan so‘ng ofsayd sababli gol hisobga olinmadi. Oradan ko‘p o‘tmay milliy jamoamiz hujumchisi yana o‘z so‘zini aytdi va bu safar uning goli qoidalarga muvofiq deb topilib, hisob ochildi.
Kongo Demokratik Respublikasi ham birinchi bo‘lim davomida to‘pni darvozaga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo bu epizod ham VAR orqali ko‘rib chiqilib, gol bekor qilindi.
Bo‘lim yakuniga qadar Kongo Demokratik Respublikasi futbolchilaridan biri sariq kartochka oldi. Shuningdek, O‘zbekiston himoyachisi Abduqodir Husanov ham qoidabuzarligi uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.
Shu tariqa jamoalar tanaffusga O‘zbekiston milliy terma jamoasining minimal ustunligi bilan yo‘l oldi.
Tanaffusdagi hisob:
Kongo Demokratik Respublikasi 0:1 O‘zbekiston






