AsosiySPORT

Kongo DR O‘zbekistonni mag‘lub etdi

Yakuniy hisob: Kongo Demokratik Respublikasi — 3:1 O‘zbekiston.

'Kongo DR O‘zbekistonni mag‘lub etdi'ning rasmi

2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan oʻrin olgan Kongo Demokratik Respublikasi hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoalari oʻrtasidagi bahs oʻz nihoyasiga yetdi.

Uchrashuvning birinchi boʻlimida Eldor Shomurodov kiritgan gol evaziga milliy jamoamiz oldinga chiqqan edi. Avvalroq uning yana bir goli ofsayd sabab bekor qilindi. Shuningdek, Kongo Demokratik Respublikasining birinchi boʻlimda urgan goli ham VAR tekshiruvidan soʻng hisobga olinmadi.

Ikkinchi boʻlimda esa Abduqodir Husanov ishlab bergan penaltidan soʻng Kongo Demokratik Respublikasi hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning soʻnggi qismida afrikalik futbolchilar yana bir bor Oʻzbekiston darvozasini ishgʻol qilib, gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Shu tariqa Oʻzbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqichidagi soʻnggi uchrashuvini magʻlubiyat bilan yakunladi.

Yakuniy hisob: Kongo Demokratik Respublikasi – 3:1 Oʻzbekiston.

    Boshqa yangiliklar