AsosiySPORT

Argentina guruhni maksimal natija bilan tugatdi

Iordaniya esa uchala uchrashuvda ham mag‘lub bo‘lib, mundialni tark etdi.

'Argentina guruhni maksimal natija bilan tugatdi'ning rasmi

Argentina milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Iordaniyani 3:1 hisobida mag‘lub etib, pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

AQShning Texas shtati Arlington shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda amaldagi jahon chempionlari safida gollarga Jovani Lo Chelso (19-daqiqa), Lautaro Martines (31-daqiqa, penalti) va Lionel Messi (80-daqiqa) mualliflik qildi. Iordaniyaning yagona golini esa Muso Al-Tamari 55-daqiqada kiritdi.

"J" guruhning boshqa uchrashuvida Avstriya va Jazoir 3:3 hisobida durang o‘ynadi.

Shu tariqa, Argentina uchta o‘yinda ham g‘alaba qozonib, 9 ochko bilan “J” guruhida birinchi o‘rinni egalladi va pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

Qolgan guruhlar, Avstriya va Jazoir 4 ochkodan to‘plab, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha mos ravishda ikkinchi va eng yaxshi uchinchi o‘rinlar orqali keyingi bosqichga chiqdi.

Iordaniya esa uchala uchrashuvda ham mag‘lub bo‘lib, guruh bosqichini so‘nggi o‘rinda yakunlab rasman mundialni tark etdi.

    Boshqa yangiliklar

    Argentina guruhni maksimal natija bilan tugatdi - Darakchi.uz