O‘zbekiston milliy terma jamoasining Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalar avj oldi.
Xususan, ayrim foydalanuvchilar Kongo Demokratik Respublikasi vakillari tomonidan o‘yin oldidan amalga oshirilgani aytilgan g‘ayrioddiy marosim aks etgan videolarni keng tarqatmoqda. Ular mazkur holatni uchrashuv natijasi bilan bog‘lashga urinmoqda.
Biroq hozircha bu kabi da’volarni tasdiqlaydigan hech qanday rasmiy ma’lumot yoki ishonchli dalil mavjud emas. Shu bois ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan bu kabi taxminlarga ehtiyotkorlik bilan yondashish lozim.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Kongo Demokratik Respublikasining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.






