AsosiySPORT

Germaniya penaltilar dramasida Paragvayga yutqazib, Jahon chempionatini tark etdi

Uchrashuvning asosiy va qo'shimcha vaqtlarida jamoalar g'olibni aniqlay olmadi — 1:1. G'olib nomi esa penaltilar seriyasida ma'lum bo'ldi.

'Germaniya penaltilar dramasida Paragvayga yutqazib, Jahon chempionatini tark etdi'ning rasmi

2026 yilgi Jahon chempionati pley-off bosqichining dastlabki uchrashuvlaridan biri kutilmagan natija bilan yakunlandi. Paragvay terma jamoasi Germaniyani penaltilar seriyasida mag'lub etib, musobaqadan chiqarib yubordi.

Uchrashuvning asosiy va qo'shimcha vaqtlarida jamoalar g'olibni aniqlay olmadi — 1:1. G'olib nomi esa penaltilar seriyasida ma'lum bo'ldi.

Germaniya safida Kay Haverts, Nik Voltemade va Yonatan Ta o'z imkoniyatlaridan foydalana olmadi. 

Paragvay darvozabonining hal qiluvchi seyvlari janubiy amerikaliklarga keyingi bosqich yo'llanmasini taqdim etdi.

Shu tariqa, Paragvay Jahon chempionatining 1/8 finaliga yo'l oldi. Endi jamoa mazkur bosqichda Fransiya — Shvetsiya uchrashuvi g'olibiga qarshi maydonga tushadi.

    Boshqa yangiliklar