2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining 1/8 finalidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda Norvegiya Braziliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.
Uchinchi daqiqalardanoq faol harakat qilgan braziliyaliklar 14-daqiqada hisobni ochish imkoniga ega bo‘ldi. Biroq Bruno Gimaraish tepgan penaltini Norvegiya darvozaboni Egil Selvik Nyuland qaytardi. U uchrashuv davomida yana bir nechta xavfli vaziyatda jamoasini muqarrar goldan qutqardi.
Bellashuvning hal qiluvchi pallalarida Norvegiya yetakchisi Erling Holand o‘z so‘zini aytdi. U 79 va 90-daqiqalarda gol urib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.
Qo‘shimcha vaqtning 10-daqiqasida Neymar penaltidan hisobni qisqartirgan bo‘lsa-da, bu Braziliyani mag‘lubiyatdan qutqarish uchun yetarli bo‘lmadi.
Shu tariqa, besh karra jahon chempionlari musobaqa bilan xayrlashdi. Norvegiya esa chorak finalda Meksika — Angliya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
E’tiborlisi, Erling Holand ushbu bahsdagi dubli orqali turnirdagi gollari sonini yettitaga yetkazdi va to‘purarlar poygasida Lionel Messi hamda Kilian Mbappe bilan tenglashdi.






