Jahon chempionati chorak finalida Ispaniya terma jamoasi Belgiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning yarim finaliga yo‘llanma oldi. Uchinrashuv AQShning Kaliforniya shtati, Inglvud shahrida bo‘lib o‘tdi.
Ispaniya safida Fabian Ruis 30-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, g‘alaba golini Mikel Merino 88-daqiqada kiritdi. Belgiyaning yagona goliga esa 41-daqiqada Sharl de Ketelare mualliflik qildi.
Bu gol Ispaniya terma jamoasining mazkur Jahon chempionatida o‘tkazib yuborgan ilk goli bo‘ldi. Shu tariqa darvozabon Unai Simonning mundiallar doirasida darvozasini 649 daqiqa davomida daxlsiz saqlab kelgan seriyasi ham yakunlandi.
Uchinrashuvning 71-daqiqasida Belgiya darvozaboni Tibo Kurtua jarohat olgani sabab maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Senne Lammens o‘yinga qo‘shildi.
Mikel Merino ketma-ket ikkinchi uchrashuvda zahiradan maydonga tushib, jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi. U bundan avval 1/8 finalda Portugaliyaga qarshi bahsda ham yagona golni urgan edi.
Endi Ispaniya yarim finalda Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchinrashuv 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.






