Jahon chempionati–2026 chorak finalidan o‘rin olgan Angliya — Norvegiya bahsida inglizlar qo‘shimcha bo‘limlarda 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
AQShning Mayami shahridagi "Hard Rock" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hisobni Norvegiya ochdi. Jamoa hujumchisi Andreas Shelderup 36-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Angliya esa birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtning ikkinchi daqiqasida Jud Bellingemning goli evaziga hisobni tenglashtirdi. Qahramonligini davom ettirgan yarim himoyachi qo‘shimcha bo‘limning 93-daqiqasida yana bir bor aniq zarba yo‘llab, jamoasiga g‘alabani taqdim etdi.
Shu tariqa Tomas Tuhel shogirdlari JCh–2026 yarim finaliga chiqdi. Endi Angliya final yo‘llanmasi uchun Argentina — Shveytsariya juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Norvegiya chorak finalga qadar Braziliyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Angliya nimchorak finalda mezbron Meksikani 3:2 hisobida taslim etgan edi.






