2026 yilgi Jahon chempionatining chorak final bahsida Argentina terma jamoasi qo‘shimcha bo‘limlarda Shveytsariyani 3:1 hisobida mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
AQShning Missuri shtati, Kanzas-Siti shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hisob 10-daqiqada Aleksis Mak Allisterning goli bilan ochildi. Shveytsariya safida Dan Ndoye 67-daqiqada hisobni tenglashtirdi.
Bahsning 72-daqiqasida munozarali vaziyat yuz berdi. Dastlab bosh hakam argentinalik yarim himoyachi Leandro Paredesga sariq kartochka ko‘rsatdi. Biroq VAR tavsiyasidan so‘ng qaror qayta ko‘rib chiqildi va Shveytsariya hujumchisi Brel Embolo simulyatsiya qilgani uchun ikkinchi sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi.
Asosiy vaqt g‘olib nomini aniqlab bermaganidan so‘ng, uchrashuv qo‘shimcha bo‘limlarga yo‘l oldi. 112-daqiqada Xulian Alvares Argentinaga ustunlikni qaytargan bo‘lsa, 120+1-daqiqada Lautaro Martinez raqib darvozasini yana bir bor ishg‘ol etib, bahsga nuqta qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, jamoa 15 iyul kuni final yo‘llanmasi uchun Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.






