Internetda Argentina milliy terma jamoasini 2026 yilgi Jahon chempionatidan chetlatish talab qilingan petitsiya paydo bo‘ldi. Hozirga qadar ushbu murojaatni 3 milliondan ortiq kishi imzolagan.
Petitsiya mualliflarining fikricha, FIFA hamda hakamlar Argentina terma jamoasi va uning sardori Lionel Messiga nisbatan yon bosmoqda.
"Agar chempion oldindan ma'lum bo‘lgan bo‘lsa, nega boshqa terma jamoalar musobaqada ishtirok etishi kerak? Argentinani Jahon chempionatidan chetlating va barcha jamoalarga adolatli imkoniyat yarating", deyiladi petitsiya matnida.
Mazkur tashabbus 2026 yilgi Jahon chempionati nimchorak finalidagi Misr – Argentina uchrashuvidan keyin paydo bo‘ldi. O‘yindan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda ayrim muxlislar hakamlik qarorlari va FIFA harakatlari Argentina foydasiga bo‘lganini da'vo qildi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina chorak finalda Shveytsariyani 3:1 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga chiqqan edi. Endi amaldagi jahon chempionlari final yo‘llanmasi uchun Angliyaga qarshi maydonga tushadi.






