2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining uchinchi o‘rin uchun bahsida Angliya va Fransiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Mayami shahridagi "Hard Rock" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda angliyaliklar 6:4 hisobida g‘alaba qozonib, mundialning bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Angliya safida gollarga Deklan Rays (3-daqiqa), Ezri Konsa (18), Bukayo Saka (37, 45+1, 87) va Jud Bellingem (90+8) mualliflik qildi.
87-daqiqada Bukayo Saka penaltini aniq amalga oshirib, xet-trik qayd etdi va Angliyaning beshinchi goliga mualliflik qildi. Jud Bellingem bahsga nuqta qo‘yib, hisobni 6:4 ko‘rinishida yakunladi.
Fransiya tarkibida esa Kilian Mbappe (48, 66), Bredli Barkola (54) va Usmon Dembele (90+6) o‘z nomini tabloga yozdirdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Kilian Mbappe (48) Fransiyaning ilk golini urgan bo‘lsa, olti daqiqa o‘tib Bredli Barkola hisobni 2:4 ko‘rinishiga keltirdi. 66-daqiqada Mbappe yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl rasmiylashtirdi.
Bu gol Mbappening joriy turnirdagi 10-goli va Jahon chempionatlari tarixidagi 22-goli bo‘ldi. Shu tariqa, fransuz hujumchisi mundiallar tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanib, bu borada Lionel Messini (21 gol) ortda qoldirdi. Shuningdek, u 10 ta gol va 4 ta golli uzatma bilan 2026 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.
Shu tariqa, Angliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatining bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Fransiya esa musobaqani to‘rtinchi o‘rinda yakunladi. Bu Angliya tarixidagi mundiallardagi ilk bronza medali bo‘ldi.
Endi Jahon chempionati g‘olibligi uchun Argentina va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Final uchrashuvi 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.






