FIFA texnik qo‘mitasi Jahon chempionati finalidan so‘ng topshiriladigan individual mukofotlar bo‘yicha qaror qabul qildi. The Touchline nashrining xabar berishicha, Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi musobaqaning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan "Oltin to‘p" sovriniga loyiq deb topilgan.
Manbaga ko‘ra, mazkur qaror final uchrashuvi natijasidan qat’iy nazar qabul qilingan. Messi joriy mundialda 8 ta gol va 4 ta golli uzatma amalga oshirib, turnirning eng sermahsul futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi.
Bu borada yetakchilik Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappega tegishli. Uning hisobida 10 ta gol va 4 ta assist mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati finali 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da bo‘lib o‘tadi. Unda Argentina va Ispaniya terma jamoalari chempionlik uchun bahs olib boradi.






