AsosiySPORT

JCH—2026 FIFA xazinasini rekord darajada boyitdi

Mundial FIFA’ga qariyb 15 milliard dollar tushum keltirgan.

'JCH—2026 FIFA xazinasini rekord darajada boyitdi'ning rasmi

2026 yilgi Jahon chempionati Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tarixidagi eng katta daromad keltirgan turnirlardan biri bo‘ldi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, mundial FIFA’ga qariyb 15 milliard dollar tushum keltirgan. Bu ko‘rsatkich tashkilotning avvalgi prognozi — 11 milliard dollarlik kutilmalardan ancha yuqori bo‘lgan.

Daromad oshishida chiptalar savdosi, ayniqsa ularning qayta sotilishi muhim omil bo‘lgan. FIFA har bir qayta sotuv jarayonidan xaridor va sotuvchidan 15 foizdan komissiya olgan.

Shuningdek, mehmonlar uchun maxsus xizmatlar (hospitality) ham turnir daromadlarining oshishiga katta hissa qo‘shgan.

2026 yilgi Jahon chempionati finali 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Ispaniya va Argentina terma jamoalari chempionlik uchun bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:55 da boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar