AsosiySPORT

UEFA Janni Infantinoning iste'fosini talab qilmoqda

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantino ixtiyoriy ravishda isteʼfoga chiqmasa, unga nisbatan ishonchsizlik votumini boshlashga tayyor.

'UEFA Janni Infantinoning iste'fosini talab qilmoqda'ning rasmi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoni lavozimidan chetlatishni maqsad qilgan. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agar Infantino ixtiyoriy ravishda iste’foga chiqmasa, UEFAga a’zo bo‘lgan barcha 55 mamlakat unga nisbatan ishonchsizlik votumini qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Bunday jarayonni boshlash uchun esa kamida 43 a’zo davlatning roziligi yetarli hisoblanadi.

Xabarda aytilishicha, UEFA Infantinoning obro‘siga putur yetkazishga qaratilgan rejani ham ko‘rib chiqmoqda.

Qizig‘i shundaki, FIFAning sobiq prezidenti Zepp Blatter bilan bog‘liq korrupsiya mojarosi davrida Infantinoning o‘zi UEFAni FIFAdan ajratib, muqobil jahon futbol tashkilotini tuzish bo‘yicha maxfiy loyiha ishlab chiqqan. Ushbu reja o‘sha vaqtda amalga oshmagan bo‘lsa-da, endi UEFA unga qarshi shunga o‘xshash choralarni qo‘llash ehtimolini muhokama qilmoqda.

1 avgust kuni UEFA FIFA rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirgan edi. Bunga FIFAning Jahon chempionati va boshqa musobaqalarga bo‘lgan huquqlar ulushini xususiy investorlarga sotish rejasi sabab bo‘lgan. Bu tashabbus keskin tanqidlarga uchragach, FIFA uni bekor qilishini ma’lum qildi.

    Boshqa yangiliklar