AsosiySPORT

"Arsenal" yana uch futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi

Italiyaning "Napoli" klubi Jezusni o'z safiga qo'shib olishga qiziqmoqda. Turkiyaning "Galatasaroy" klubi esa Martinelli bo'yicha "Arsenal"ga murojaat qilgan.

'"Arsenal" yana uch futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi'ning rasmi

Londonning "Arsenal" klubi yozgi transfer oynasi yakunlanguniga qadar yana uch nafar futbolchini o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Nashr ma'lumotiga ko'ra, "kanonirlar" markaziy himoyachi, chap qanot himoyachisi va, agar transfer byudjeti imkon bersa, hujumchi xarid qilish niyatida.

Ayni vaqtda "Arsenal"ni tark etishi mumkin bo'lgan futbolchilardan biri Reys Nelson hisoblanadi. Unga Londonning yana bir klubi "West Ham" qiziqish bildirmoqda.

"Arsenal" Nelsonni yana bir bor ijaraga berishdan ko'ra, uni to'liq transfer asosida sotishni afzal ko'rmoqda.

Shuningdek, braziliyalik hujumchilar Gabriel Jezus va Gabriel Martinellining ham klubdan ketishi ehtimoli bor.

Italiyaning "Napoli" klubi Jezusni o'z safiga qo'shib olishga qiziqmoqda. Turkiyaning "Galatasaroy" klubi esa Martinelli bo'yicha "Arsenal"ga murojaat qilgan.

Shu tariqa, "Arsenal" transfer oynasi yakunlanishiga qadar tarkibini yana kuchaytirish, shu bilan birga bir qator futbolchilar bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar