AsosiySPORT

Maxachevning murabbiyi Gerriga qarshi jangni faoliyatidagi eng qiyinlardan biri deb atadi

Mendes bu haqda "Match TV" telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.

'Maxachevning murabbiyi Gerriga qarshi jangni faoliyatidagi eng qiyinlardan biri deb atadi'ning rasmi

UFC yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Islom Maxachevning irlandiyalik Ien Gerriga qarshi jangini rossiyalik sportchining murabbiyi Xavyer Mendes faoliyatidagi eng qiyin bahslardan biri deb atadi.

Mendes bu haqda "Match TV" telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.

"Bu Islomning faoliyatidagi eng qiyin janglardan biri bo‘ldi. Lekin eng muhimi — g‘alaba. Bu natija Islomning barchaning nazaridagi obro‘sini yanada mustahkamlaydi", dedi murabbiy.

Islom Maxachev 16 avgust kuni Ien Gerrini mag‘lub etib, UFC yarim o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini himoya qildi. Shu tariqa, rossiyalik jangchining g‘alabali seriyasi 17 ta jangga yetdi. Bu UFC tarixidagi eng uzun g‘alabali seriya bo‘yicha yangi rekord hisoblanadi.

34 yoshli Maxachev uchun Gerriga qarshi jang yarim o‘rta vazn toifasidagi ikkinchi bahs bo‘ldi. U mazkur vazndagi chempionlik kamarini 2025 yil noyabr oyida avstraliyalik Jek Della Maddalena ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng qo‘lga kiritgan.

Bunga qadar Maxachev yengil vazn toifasida ishtirok etgan. U 2022 yil oktyabridan 2025 yilgacha UFC yengil vazn chempionligini himoya qilib, kamarini to‘rt marta saqlab qolgan.

    Boshqa yangiliklar