AsosiySPORT

Pau Kubarsi “Golden Boy 2026” reytingida birinchi o‘ringa chiqdi

Yangilangan reytingda Pau Kubarsidan keyin "Barselona"ning yana bir yosh yulduzi Lamin Yamal ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.

'Pau Kubarsi “Golden Boy 2026” reytingida birinchi o‘ringa chiqdi'ning rasmi

"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pau Kubarsi "Golden Boy 2026" sovrini uchun yangilangan nomzodlar reytingida birinchi o'rinni egalladi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

"Golden Boy" sovrini Yevropa chempionatlarining yuqori divizionlaridan birida ishtirok etayotgan 21 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi futbolchiga beriladi.

Yangilangan reytingda Pau Kubarsidan keyin "Barselona"ning yana bir yosh yulduzi Lamin Yamal ikkinchi o'rinda qayd etilgan.

Top-10 quyidagicha:

  1. Pau Kubarsi — "Barselona";
  2. Lamin Yamal — "Barselona";
  3. Yan Diomande — "Real Madrid";
  4. Uorren Zair-Emeri — "Pari Sen-Jermen";
  5. Ayub Buaddi — "Lill";
  6. Viktor Fryoxoldt — "Portu";
  7. Rayan — "Bornmut";
  8. Endrik — "Real Madrid";
  9. Eli Krupi — "Bornmut";
  10. Estevao Villian — "Chelsi".

Qayd etilishicha, futbolchi "Golden Boy" sovrinini faoliyati davomida faqat bir marta qo'lga kiritishi mumkin. Shuning uchun Lamin Yamal mazkur mukofotni ikkinchi marta yuta olmaydi. Ispaniyalik futbolchi 2024 yilda "Golden Boy" sohibi bo'lgan.

"Golden Boy" sovriniga 2003 yilda Italiyaning "Tuttosport" gazetasi tomonidan asos solingan. Mukofot Yevropa oliy divizionlarida o'ynayotgan eng yaxshi yosh futbolchiga beriladi.

"Golden Boy" "Oltin to'p" taqdirlash marosimida beriladigan "Kopa" sovrinidan farq qiladi. "Golden Boy" kalendar yili natijalari asosida topshirilsa, "Kopa" sovrini mavsum yakuni bo'yicha beriladi.

"Kopa" uchun ovoz berishda faqat "Oltin to'p" sovrinining avvalgi sohiblari ishtirok etadi. "Golden Boy" uchun esa Fransiya, Ispaniya, Angliya, Portugaliya va boshqa davlatlar vakillari ovoz beradi.

    Boshqa yangiliklar