Bugun, 20 avgust kuni soat 09:44 da Toshkent shahri Yashnobod tumani Oqsaroy ko‘chasida joylashgan xususiy xonadonda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan.
Yong‘in soat 10:35 da qurshab olingan va soat 10:57 da to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma‘lumot kelib tushmagan.






