1

“Neftchi” safiga ikki nafar xorijlik futbolchi qo`shilishi kutilmoqda

Sport 07.01.2017, 16:57
“Neftchi” safiga ikki nafar xorijlik futbolchi qo`shilishi kutilmoqda

Mana bir necha kundirki, Oliy liga klublari ham qishki transfer mavsumini boshlab yuborishdi. Garchi Xitoy klublari singari hayratlanarli xaridlar amalga oshirilmagan bo`lsada, erkin agentga aylangan har bir futbolchi uchun qizg`in kurash ketmoqda.

Biroq Farg`onaning "Neftchi" klubi haqida gap ketadigan bo`lsa, yuqorida keltirilgan ta`rif umuman mos tushmaydi. Chunki, o`tgan mavsumda farg`onaliklar safida harakat qilgan Mansur Saidov, Shukurali Po`latov va Alisher Samatov tark etganiga qaramay, jamoa tarkibiga faqatgina Muzaffar Muzaffarov qo`shib olindi xolos.

Tarkibni kuchsizlanib qolishi farg`onalik muxlislar tomonidan e`tirozga sabab bo`ldi. Biroq, qishki transfer mavsumi hali oldinda va "Neftchi" klubida tarkibni mukammal holatga keltirib olish uchun vaqt etarli.

SPORTS.uz axborot portaliga xabar berishlaricha, "Neftchi" klubi ikki nafar xorijlik futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda.

- Jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov himoya va hujum chizig`ini yanada kuchaytirish maqsadida ikki nafar rossiyalik futbolchini "Neftchi" tarkibiga qo`shib olmoqchi. Muzokaralar yakuniy bosqichda va tez orada tomonlar yakuniy qarorga kelishadi, deydi - "Neftchi" klubiga yaqin manba.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1