AsosiySport

Arsen Venger “Arsenal”da qolsa, Mesut O`zil ham qoladi

Londonning "Arsenal" jamoasi yarim himoyachisi Mesut O`zil kelajagi borasida to`xtalib o`tdi va barchasi Arsen Vengerga bog`liq ekanini aytdi.

"Arsenal"da ekanimdan va bu erda o`ynayotganimdan juda xursandman. Klub rahbariyatiga yangi shartnoma imzolashga tayyorligimni bildirdim. Muxlislar jamoada qolishimni istamoqdalar va endi barchasi klub rahbariyatiga bog`liq”, – dedi Venger.

“Londonga kelishimga Arsen Venger sababchi va buni klubdagilar yaxshi biladi. Bu inson meni "Arsenal"ga o`tishga qiziqtira olgan va menga ishonadi. Klubda qolishim Vengerning qolishi bilan bog`liq. Rahbariyat jamoa bosh murabbiyi kim bo`lishi meni qiziqtirishini yaxshi biladi", – qo`shimcha qildi germaniyalik futbolchi.

Mesut O`zilning amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi. 

Boshqa yangiliklar