Atir tanlashdan ko`ra, uning hidini uzoqroq saqlash qiyin. Bu holat sizga ham tanishmi? Maslahatlarimiz sizdan 24 soat yoqimli iforlar ufurib turishi kafolatlanadi.
1. Atirni bilakning ichki qismiga, tirsaklarga, quloqlar orqasiga va tizzaning bukiladigan qismiga seping.
2. Bir nechta iforni aralashtirib sepmang. Iloji bo`lsa, bir guruhga kiruvchi atir va kosmetik vositalardan (cho`milish uchun gel, krem, dezodorant) foydalaning.
3. Sochlarga ham atirdan sepib qo`ying, faqat 20-30 santimetr uzoqlikdan seping. Yoki taroqqa atir sepib, sochlarni tarang.
4. Atirni uydan chiqib ketish oldidan emas, 30-40 daqiqa oldin sepib oling. Ko`chaga chiqishdan avval sepilgan atir tanaga singib ulgurmay havoga uchib ketadi.
5. Atirni kiyimga sepmaganingiz ma`qul, chunki mato atirni o`ziga juda yaxshi singdirib oladi, keyinchalik uning dog`ini ketkazish qiyin bo`ladi.
6. Yana bir kichik sir. Atir sepiladigan joylarga oz-ozdan vazelin surting.
7. Me`yorni unutmang, sizga hid uncha sezilmayotgandek tuyulsa-da, aslida sizdan yaxshigina ifor taralayotgan bo`ladi. «Atirga cho`milib olibdi» iborasiga yo`liqishdan ehtiyot bo`ling.





