AsosiySUG'DIYONA

Chinakam muhabbatdan erkaklarning bola boqishigacha…

Ayollar erkaklarga nisbatan makr ishlatishi mumkin, ammo ayollarni chuv tushirish oson ema...

Ayollar erkaklarga nisbatan makr ishlatishi mumkin, ammo ayollarni chuv tushirish oson emas. Balki shuning uchun «tulki» nisbati ayollarga ko`proq berilar. Xafa bo`lmang-u, «tovuqmiya» deb ham bekorga chiqarishmagan. Chunki ayollar tovuqqa o`xshab eri haqidagi hamma ma`lumotlarni «titkilab» topishga usta bo`ladi. Sizga taqdim etilayotgan quyidagi ma`lumotlar ham xuddi shu yo`l bilan topilgan…

Erlar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnoma natijalari bilan tanishing. Erkaklarning:

  • 62 foizi agar turmush o`rtog`ini chinakamiga sevsa, xiyonat qilmaslikka tayyor ekan.
  • 71 foizi ayolining xiyonatini kechira olmasligini ta`kidlagan.
  • 44 foizi bir ko`rishdayoq sevib qolganini bildirgan.
  • 38 foizi sirlarini faqat eng ishongan do`stiga aytar ekan.
  • 1 yilda jami 730 soat ayol bilan birga bo`lish haqida o`ylar ekan. Bu xayollari 60 yoshgacha 5 yilni tashkil etadi.
  • 31 foizi mashinalar tirband bo`lgan paytda ayollarga gap otish bilan shug`ullanarkan.
  • 73 foizi yuz terisini parvarishlovchi, 17 foizi esa ajinlarga qarshi ishlatiladigan kremlardan foydalanar ekan.
  • 42,5 foizi haftada bir marta vaznini o`lchab turadi.
  • 24 foizi qorindagi yog`larni yo`qotish uchun plastik operasiyaga ham tayyor.
  • 53 foizi ovqatlanish tartibiga e`tibor beradi, ayniqsa, salat va dukkakli o`simliklarga ehtiyoji baland.
  • Har to`rttadan uchtasi ko`chada sang`igandan ko`ra uyda romantik kecha o`tkazishni ma`qullagan.
  • 95 foizi ayollarning silikon lablarini mutlaqo yoqtirmasligini aytgan.
  • 89 foizi yaxshi raqs tusholmasligiga iqror bo`lgan. Ayollarning 7 foizigina buni tan olgan bo`lardi.
  • Agar erkakning 6 soat bo`sh vaqti bo`lsa, yarmini televizor ko`rishga, 1 soatini xobbi va sportga, qolganini do`stlariga sarflar ekan.
  • Ijodkor erkaklarning 46 foizi oq-sariqdan kelgan qizlarni xush ko`rarkan.
  • 58 foizi oilani hayotda eng muhim deb hisoblarkan.
  • Uchtadan ikkitasi har kuni ertalab vannada 20 daqiqa «pardoz-andoz» bilan shug`ullanadi.
  • 65 foizi muammolarni mustaqil hal qilish kerak, deb o`ylarkan.
  • 70 foiziga o`zining tashqi chiroyi nihoyatda muhim.
  • 73 foizi uyda bola boqa olishini aytsa ham, atigi 5 foizigina buning uddasidan chiqadi.

Shuningdek, statistik ma`lumotlarga qaraganda, har bir erkak hayoti davomida o`rta hisobda 5 marta sevib qolarkan. Ayollar aynan beshinchisi bo`lishni istashi ajab emas.

Dilnoza UMAROVA

Boshqa yangiliklar