AsosiySUG'DIYONA

Kasbingiz o`zingizga munosibmi?

«Bo`ynidan boylangan it ovga yaramas» degan maqol bor. Chindan ham, majburlab qilingan ish boshqayu istab qilingani boshqa. Inson sevgan kasbi bilan shug`ullangandagina o`sishi, rivojlanishi, biron yangi narsa yaratishi va hayotdan qoniqishi mumkin. Kasbingiz o`zingizga yoqadimi, undan lazzatlanasizmi? Yoki shunchaki majburlikdan bu ishda ishlayapsizmi? Test shuni aniqlashga yordam beradi.

1. Hozirgi ish o`rningizda qanchadan beri ishlayapsiz?

A) 12 oydan ortiq;

B) 3 yildan ortiq;

V) 10 yil (yoki undan ortiq);

G) bir necha oy.

2. Agar qo`shimcha ta`lim olinsa, ishda muvaffaqiyat qozonish oson kechadi, degan qarashni kasbingiz nuqtai nazaridan kelib chiqib baholang:

A) Yo`q, siz uchun hozirgacha egallagan ma`lumotingiz etarli;

B) Ha, shunday, chunki karera siz uchun juda muhim;

V) «Qo`shimcha ta`lim shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda muvaffaqiyat kaliti».

G) «Hamma odamlar doim yangi bilimlarni o`rganib borishlari kerak».

D) Faqat aniq foyda kelishiga ko`zingiz etsa, qo`shimcha ta`lim olishga kirishishingiz mumkin.

3. Sizningcha hozirgi kunda sizning mehnatingiz etarlicha qadrlanyaptimi?

A) «Ha, ammo qancha to`lashsa ham, doim ozlik qilaveradi».

B) «Yo`q, ammo taqqoslash oson emas».

V) «Sarflayotgan kuchimga yarasha haq olyapman, menimcha».

G) «Maoshim katta bo`lmasa-da, kasbimni sevaman».

D) «Menga qancha haq to`lashsa, shunga yarasha ishlayman».

4. Ishga ketayotganingizdagi ko`pincha qanday kayfiyatda bo`lasiz?

A) Yurak urishingiz tezlashadi, arterial bosimingiz ortadi, engil ko`ngil aynishi paydo bo`ladi.

B) Hammasi rejadagidek ketayotganiga ishonasiz.

V) Har kuni pensiyagacha qancha qoganini hisoblaysiz.

G) Atrofdagilarga qobiliyatlaringizni namoyish etishga sabringiz etmaydi, shoshilibgina yo`lga otlanasiz.

D) «Bekor o`tirgandan ko`ra yaxshi-da», degan o`y bilan yo`lga chiqasiz.

5. O`z professional muammolaringizni uydagilar bilan muhokama qilayotib...

A) Boshliq haqida hazillarni aytib berasiz.

B) Faqat foydali narsalarni gapirasiz.

V) Uyda umuman ish haqida gaplashmaysiz.

G) Faqat qiziqarli jihatlarga to`xtalasiz.

D) Bu haqda kam gaplashasiz, chunki qiziq emas.

6. Ta`tildasiz. Ish haqidagi fikrlaringiz…

A) Umuman ish haqida o`ylamaysiz.

B) Shu paytda diqqinafas idorada ishlab o`tirgan hamkasblaringizni o`ylab shukr qilasiz.

V) Ish haqida ko`p o`ylaysiz va tezroq ta`til tugashini kutasiz.

G) Ko`p o`ylamaysizu, vaqti-vaqti bilan hamkasblaringizni eslab qo`yasiz.

D) Hali ta`til tugashiga ancha borligini o`ylab quvonasiz.

7. Egallagan kasbingiz haqida bolalikda tasavvurga egamidingiz?

A) Bu haqda orzu ham qilmagansiz.

B) Doim shu kasbga intilgansiz va orzungiz amalga oshganidan xursandsiz.

V) Biroz hafsalangiz pir bo`lgan.

G) Avval o`ylamagansiz, qaerdadir ishlash kerakligi uchun shu erda ishlayapsiz.

8. Agar farzandlaringiz ham kasbingizni tanlashsa, siz

A) Bu borada ular bilan bahslashmaysiz.

B) Agar ular sizdan yuqoriroq marralarni egallashlariga ko`zingiz etsa, rozi bo`lasiz.

V) Fikridan qaytarishga urinasiz.

G) Bolalaringiz hali juda yosh, shu sababli ularning kasb tanlash muammosi hozircha sizni o`ylantirmaydi;

D) Buni istamaysizu, ammo baribir shu kasbni tanlashsa, tajribangiz va tanish-bilishlaringiz bilan yordam berasiz.

9. Bolaligingizda kim bo`lishni orzu qilgansiz?

A) Kosmonavt: yangi sayyoralarga uchib borishni istardingiz.

B) Aktrisa: sizga olqishlar, gullar va mashhurlik yoqadi.

V) O`qituvchi: bolalarga faqat a`lo baholar qo`yishni istardingiz.

G) Model: bu juda qiziq.

D) Shifokor: stetoskop va oq xalatda yurishni yoqtirasiz.

10. Ishdan so`ng turmush o`rtog`ingiz bilan restoranga borishingiz kerak. Ammo ish tugay deganda boshliq shoshilinch vazifani bajarishni sizga topshirdi…

A) Eringizga qo`ng`iroq qilib, ziyofatni boshqa kunga ko`chirasiz.

B) Boshliq bilan urishib bo`lsa ham restoranga ketasiz.

V) Tadbirni boshqa kunga qoldirasiz, ammo o`zingizni baxtsiz his etasiz.

G) Ishni birinchi o`ringa qo`yasiz, eringiz sizni tushunishi kerak.

D) Biron bahona topib ishdan qochib qolasiz.

Natijani hisoblang:

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

A

1

0

2

0

2

3

5

5

2

7

B

2

2

1

4

1

2

3

4

2

5

V

2

1

1

1

1

1

2

1

2

1

G

1

4

2

2

2

3

1

2

3

2

D

0

2

1

1

1

1

0

1

2

11

27—41 ball

Siz ham maishiy, ham kasbiy vaziyatlarga oson moslashasiz. O`sish va rivojlanish uchun doim imkon qidirasiz. Istalgan ish o`rnida o`zingizni qulay his etasiz, bajarayotgan ishingiz doim sizga qoniqish hissini beradi. Shu sababli birinchi duch kelgan ishga rozi bo`lib ketavermang, qobiliyatlaringizni qadrlang.

22—26 ball. Ishingizni yaxshi bajarasiz, ammo baribir undan qoniqmaysiz. Chunki sizning qobiliyatlaringiz hozir bajarayotgan ishingizdan balandroq, ya`ni siz ko`prog`iga qodirsiz. Vaziyatni o`zgartirish uchun biron muvaffaqiyat yordamga kelishi kerak, mayli juda kichik bo`lsa ham, ammo muvaffaqiyat. Shunda kayfiyatingiz ko`tarilib, yanada ilhomlanib ishlaysiz. Yana bir sabab bor: hamkasblaringiz bilan munosabatlaringiz yaxshi emas. Shu masala ustida ishlang, ular sizga halaqit bermasliklari uchun zarur choralarni ko`ring.

22 ball va undan kam. Afsuski, ishingiz sizga hech qanday qoniqish bermaydi, vaqtingiz asosan zerikish bilan o`tadi. Bu joyda ishlab o`zingizni namoyon etishingiz va rivojlanishingizga ko`zingiz etmaydi. Maslahatimiz, vaziyatni yaxshilab tahlil qiling, sabablarini aniqlang. O`ylab ko`ring, qaerda ishlasangiz, o`zingizni yaxshiroq namoyon etishingiz mumkin? O`zingizga ishonchingiz butkul so`nmay turib munosib kasb izlab toping. Balki u ham butunlay sizga mos kelmas, ammo har qanday yangi ish qiziqroq-da. U sizda yangi qobiliyatlarni ochishi mumkin.

ShAHINA tayyorladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar