AsosiySport
3266

Ronaldu joriy mavsumda Messidan ko`proq pul ishladi

'Ronaldu joriy mavsumda Messidan ko`proq pul ishladi 'ning rasmi

Fransiyaning mashhur France Football nashri 2016/17 yilgi mavsumda eng ko`p daromad topgan futbolchilar reytingini e`lon qildi. Ro`yxat futbolchining maoshi, bonuslari va reklamadan tushadigan daromadini inobatga olgan holda tuzilgan.

Portugaliya terma jamoasi va “Real” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda 87,5 mln evro ishladi va reytingda etakchilikni qo`lga oldi.

Ikkinchi o`rin “Barselona” klubi va Argentina termasi hujumchisi Lionel Messiga nasib qildi. U joriy mavsumda 76,5 mln evro daromad qildi. “Barselona”ning yana bir a`zosi – braziliyalik iqtidorli hujumchi Neymar 55,5 mln evro bilan kuchli uchlikka yakun yasadi.

Quyida eng ko`p daromad topgan beshta futbolchi bilan tanishib oling.

2016/17 yilgi mavsumning eng serdaromad futbolchilari TOP-5

1. Krishtianu Ronaldu (“Real”) – 87,5 mln evro

2. Lionel Messi (“Barselona”) – 76,5 mln evro

3. Neymar (“Barselona”) – 55,5 mln evro

4. Garet Beyl (“Real”) – 41 mln evro

5. Esekiel Lavessi (“Xebey Chayna Forchun”) – 28,5 mln evro

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar