“Real Madrid”ning ashaddiy ishqibozi o`zbekistonlik O`ktamxon aya 93 yoshlarini nishonladilar.
Futbol fanati ekanliklarini inobatga olib, tavallud ayyomlari munosabati bilan nevaralari Samandar boshchiligida “Real” ishqibozlari ayaga kubok sovg`a qilishdi.
O`ktamxon ayadan endi Kubokni nima qilishlari haqida so`ralganida, ular “2 iyun kuni Zayniddin bolamga sovg`a qilaman” deb javob qaytardilar.
Fursatdan foydalanib, ayani tavallud ayyomlari bilan “Darakchi” jamoasi nomidan muborakbod etamiz.





