12.11.2013 09:50
2022 yildagi Qishki Olimpiadaga futbol “tahdid” solmoqda
FIS rahbari Janfranko Kasper va XOQning yangi prezidenti Tomas Bax, agar 2022 yilgi futbol forumi tashkilotchi mamlakat bo`lgan Qatardagi o`ziga xos iqlim sharoitlari tufayli qish mavsumiga ko`chiriladigan bo`lsa, bu homiylar va tomoshabinlarning 2022 yilda bo`lib o`tadigan Olimpiadaga qiziqishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, degan fikrda. Qayd etib o`tamiz, 2022 yilgi Qishki Olimpiada poytaxti 2015 yil yozida e`lon qilinadi.
Hozir FIS boshqa qishki o`yinlar federasiyalari bilan birga futbol turnirini o`tkazishning an`anaviy muddatlarini o`zgartirmaslik iltimosi bilan FIFAga murojaat qilmoqchi.