1

“Nokia” kichkina Windows-planshet ustida ishlamoqda

Hi-tech 12.11.2013, 12:19
“Nokia” kichkina Windows-planshet ustida ishlamoqda
“Nokia” kompaniyasi “Lumia” liniyasiga kiruvchi navbatdagi Windows-planshet ustida ishlamoqda. “The Verge” nashri tarqatgan xabarga ko`ra, qurilmaga “Illusionist” kod nomi berilgan. Uning relizi kelasi yil boshiga rejalashtirilgan.

Olingan ma`lumotlarga qaraganda, "Illusionist” 8 dyuymli ekran bilan jihozlanadi, uning asosida esa "Qualcomm” prosessori yotadi. Ushbu qurilma, “Lumia 2520” kabi “Windows RT 8.1” operasion tizimida ishlaydi. Bu esa gadjet faqat “Windows Store”dagi “plitka”li ilovalar bilan moslashuvga ega bo`lishini anglatadi. Unda faqat “Microsoft Office” dasturidan foydalanish mumkin bo`ladi.
Umuman olganda esa, kelasi yil chiqishi rejalashtirilayotgan “Nokia” qurilmalari bozorda uzoq turmasligi mumkin. Gap shundaki, 2014 yil boshida “Microsoft” tomonidan “Nokia”ning “mobil” biznesini sotib olish bo`yicha bitimi yopiladi. Mazkur qurilma boshqaruvchi organlar tomonidan ma`qullanishi uchun ikkala kompaniya hozircha bir-biri bilan hamkorlik qilishi taqiqlangan, shu bois ular mahsulotlarni chiqarish bo`yicha oldingi rejalarga amal qilishiga to`g`ri kelmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1