1

Xitoyda go`dak kremasiya oldidan jonlandi

Dunyo 22.11.2013, 17:40
Xitoyda go`dak kremasiya oldidan jonlandi
Xitoyning Anxoy provinsiyasi kasalxonalaridan birining xodimlari tomonidan o`lganligi haqida xulosa berilgan bola to`satdan kremasiya oldidan jonlandi, deya xabar beradi “Xinhua”.

Shifokorlar go`dakda nafas olish tizimining tug`ma illatini qayd etgan bo`lib, u tug`ilganidan buyon og`ir ahvolda edi. 12 noyabr kuni go`dakning ota-onasi shifokorlarning tavsiyasi bilan davolash kursini to`xtatishga rozi bo`ladi. “O`lim” holati 13 noyabr kuni qayd etiladi, shundan so`ng ota-ona tegishli guvohnomani olib, dafn marosimiga tayyorgarlik ko`ra boshlaydi.  Ammo, baxtli tasodif tufayli ushbu marosimni to`xtatishga to`g`ri keladi. Bor-yo`g`i bir oylik go`dakni kremasiyadan motam marosimi paytida zalda yig`lab yuborgani qutqarib qoladi. Jonlangan bolani krematoriydan darhol kasalxonaga olib borishadi. Hozir shifokorlar yana uning hayoti uchun kurashmoqda. “Bola hali tirik ekan, biz unga insonparvarlik mulohazasi nuqtai-nazaridan qon quyishda davom etyapmiz”, - deydi shifokorlardan biri. Bola “o`lgan” kuni navbatchi bo`lgan ikkita kasalxona xodimi voqea uchun javobgar deb tan olinib, ishdan bo`shatildi. Kasalxona bu borada o`z tergovini davom ettirmoqda.  

Hayotda “o`lganlar” yana tirilgan holatlar uchrab turadi. Masalan, noyabr oyi boshida Polshada 56 yoshli Peterkuv shahri fuqarosi spirtli ichimlikni shu darajada ko`p ichganki, hamma uni marhum sifatida qabul qilgan. Voqea joyiga etib kelgan shifokorlar ham erkakda hayot alomatlarini topa olmasdan, uni morgga yuborishga qaror qiladi. Endi o`ziga kelgan fuqaro shifokorlar bilan sudlashish niyatida, chunki u morgda sovuq stolda o`ziga kelib, shok holatiga tushgan. Uning so`zlariga ko`ra, yuz bergan voqeadan keyin uni tungi dahshatlar ta`qib qilayotgan ekan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1