AsosiyJamiyat
7805

Surxondaryoda 5 kishining o`limiga olib kelgan avtohalokat yuz berdi

'Surxondaryoda 5 kishining o`limiga olib kelgan avtohalokat yuz berdi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 5 kishining o`limiga olib kelgan YTH sodir bo`ldi. Avtohalokatdan so`ng olingan tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bu haqda Hayot Shamsutdinov darakchi.uz'ga ma`lum qildi. 

Sherobod tuman IIB navbatchilik qismining bergan xabariga ko`ra,2024 yil 12 may kuni soat 10:30 larda fuqaro D.Sh boshqaruvidagi “Tracker” rusumli avtomashinasida Sherobod tumani, “Uzunsoy” mahallasidan o`tuvchi  “M-39” avtomobil yo`lining 1371 km.da “Toshkent-Sherobod”  yo`nalishida harakatlanayotganida avtomashina boshqaruvini yo`qotib, yo`lning o`ng tomon chetki qismida to`xtab turgan fuqaro S.Q.ga tegishli “Zil-130“ rusumli, yuk avtomashinasining orqa qismiga urilishi oqibatida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan. 

Oqibatda haydovchi va 59, 70, 44 va 50 yoshda bo`lgan to`rt nafar yo`lovchi ayol vafot etgan.  

Natijada, ikki kishi voqea joyida, uch kishi shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi TB tomonidan 12 may kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar