AsosiyDunyo
1961

Ukraina ham mahkumlarni urushga yuborishga qaror qildi

'Ukraina ham mahkumlarni urushga yuborishga qaror qildi'ning rasmi

Vladimir Zelenskiy harbiy holat davrida mahkumlarning ayrim toifalarini safarbar qilish to`g`risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda zamon.uz Ukraina Oliy Radasi saytiga tayanib ma`lum qilmoqda. 

Unga ko`ra, mahkumlar shartnoma bo`yicha xizmatni o`tashlari uchun sud tomonidan shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish to`g`risidagi qarorni olishlari kerak bo`ladi. Sobiq mahkumlar maxsus bo`linmalarda xizmat qiladi.

Ukraina milliy xavfsizligiga qarshi jinoyatlar va terrorizm, ikki yoki undan ortiq odamni qasddan o`ldirish yoki o`ta shafqatsizlarcha qotillik, jinsiy tajovuz, giyohvandlik yoki alkogol ta`sirida sodir etilgan baxtsiz hodisa uchun sudlanganlar, shuningdek, o`ta og`ir korrupsiya jinoyatlari uchun sudlanganlar safarbar qilinmaydi.

Ukraina Adliya vaziri o`rinbosari Elena Visoskaning so`zlariga ko`ra, mamlakat qamoqxonalaridagi 4500 mahbus yangi qonun doirasida safarbar qilinishga tayyor.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar