2016 yilning dekabr oyidan bugunga qadar O`zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish bo`yicha 835 nafar shaxsning iltimosi qondirildi.
Taqqoslaydigan bo`lsak: 1991 dan 2017 yilgacha respublika bo`yicha 482 nafar shaxs O`zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan.
Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig`i Ulug`bek Toshxo`jaev Milliy matbuot markazida o`tkazilgan brifingda ma`lumot berdi.