1

“Sony” kompaniyasi “aqlli” yasama sochni patentlamoqda

Hi-tech 29.11.2013, 15:58
“Sony” kompaniyasi “aqlli” yasama sochni patentlamoqda
“Walkman” portativ musiqa pleerlarini ommalashtirgan “SonyCorp.” kompaniyasi AQShda “aqlli” yasama soch (SmartWig) uchun patent olishga harakat qilmoqda.

Haydovchilarga yo`lda asqotishi mumkin bo`lgan ushbu aksessuar arterial qon bosimini o`lchashi va prezentasiya slaydlarini sahifalashi mumkin.

Ma`lum bo`lishicha,“aqlli” yasama sochni o`z sochlarining ustidan kiyib yurish mumkin ekan. Shuningdek, u real vaqt rejimida ma`lumotlarga ishlov berish va ularni boshqa tashqi qurilmalarga uzatish xususiyatiga ham ega.
Yasama soch boshqa qurilmalar bilan simsiz aloqaga va taktil teskari aloqa funksiyasiga ega bo`ladi, deya xabar beradi “Sony” o`zining patent olish uchun bergan arizasida. Modeliga qarab
ushbu aksessuar kamera, lazerli ko`rsatkich yoki qaerda ekanligingizni ko`rsatuvchi datchikni o`z ichiga olishi mumkin.

Yasama sochga o`rnatilgan kichkina videokamera yoki sensor yordamida uning sohibi qaerda turganini bilsa bo`ladi. Masofa rejimida kameradan suratlar olish hamda simsiz
aloqa orqali buyruqlar bergan holda, yasama sochli odamni yo`naltirish mumkin. U qaerga yurish kerakligini gadjet vibrasiyasi bo`yicha bilib oladi.

Tahlilchilar ushbu g`oyaning original ekanini, ammo asosiy qiyinchilik odamda yasama sochni kiyib yurish istagi bo`lish-bo`lmasligida ekanini qayd etishmoqda.   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1